Qatar XAMAS va Isroil oʻrtasidagi sulhga bosh qoʻshishni istamay qoldi
Qatar XAMAS va Isroil oʻrtasidagi sulh hamda garovdagi odamlarni ozod qilish boʻyicha muzokaralar davom ettirilmagunicha vositachilik faoliyatini toʻxtatishini bildirdi. Qatar tashqi ishlar vazirligi tomonlar muzokaralarga “qatʼiy va jiddiy” yondashishga tayyor boʻlganlarida muzokaralar qayta boshlanishini maʼlum qilgan.
“Reuters”ning yozishicha, ushbu qaror AQSH va Misr bilan olib borilgan uzoq muddatli, ammo samarasiz muzokaralardan soʻng qabul qilindi. Qatar uzoq yillardan beri XAMAS bilan vositachilik vazifasini bajargan va guruh rahbarlari 2012-yildan beri Dohada yashab kelmoqda.
Qayd etilishicha, bu joylashuv hamkorlikdagi muzokaralar uchun muhim ahamiyat kasb etgan. Shunga qaramasdan, Qatar vositachilikni toʻxtatishi bilan XAMASning Doha ofisi oʻz ahamiyatini yoʻqotishi mumkinligini aytdi.
Ayni paytda, AQSH Qatarni XAMAS rahbarlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga chaqirgan. Shunday boʻlsa-da, Dohaning ushbu qarorni XAMASga rasman yetkazgani haqida maʼlumot yoʻq. Uch nafar guruh rasmiysi Qatar ularga bunday xabar bermaganini bildirgan.
Xalqaro ekspertlarga koʻra, Qatarning bu qarori tinchlik muzokaralariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Tomonlarning sukut saqlashi va Isroil hamda XAMAS tomonidan hech qanday rasmiy javob bildirilmaganligi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring