Qashqadaryolik birinchi akademikning xotira kechasi oʻtkazildi
Yakkabogʻ tumanida taniqli biotexnolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Asqar Xolmurodovning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyat boʻlimi rahbari, senator Komila Karomova, Yakkabogʻ tumani hokimi oʻrinbosari Fozil Xidirov, nuroniylar, taʼlim muassasalari xodimlari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Xotira kechasida soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼkidlanganidek, Asqar Xolmurodov 1939-yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan, Oʻrta Osiyo davlat universitetini tamomlab, umrini biologiya va biotexnologiya fanlari rivojiga bagʻishlagan. Olim 1989-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi etib saylandi. U Qashqadaryo viloyatidan yetishib chiqqan birinchi akademik hisoblanadi.
Asqar Xolmurodov uzoq yillar davomida Mikrobiologiya instituti direktori, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
Olimning ilmiy ishlari mikroorganizmlar biotexnologiyasi, biokimyo va ekologik xavfsizlik yoʻnalishlarida katta ahamiyat kasb etgan. Asqar Xolmurodov rahbarligida oʻnlab fan nomzodlari va doktorlar tayyorlangan, u yaratgan ilmiy maktab bugungi kunda ham oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.
Tadbir ishtirokchilari Asqar Xolmurodovning hayot yoʻli yosh avlod uchun haqiqiy ibrat maktabi ekanligi, u oʻz ilmiy faoliyati orqali nafaqat mamlakatimiz, balki jahon biotexnologiya ilmida ham oʻz izini qoldirganini eʼtirof etishdi.
Jahongir BOYMURODOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring