Qashqadaryodagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum va mahbuslar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov tashabbusi bilan Qarshi shahridagi 5-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum va mahbuslar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ushbu tibbiy koʻrik viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda 5-sonli tergov hibsxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tibbiy koʻrikka viloyatning eng malakali xirurg, travmatolog, okulist, nevropatolog, kardiolog, endikrinolog va gastroenterolog va laborant-mutaxassislar, maxsus tibbiy anjomlar va dori vositalari bilan taʼminlangan mobil avtobus jalb etildi.
5-sonli tergov hibsxonada saqlanayotgan 70 dan ortiq mahkum va mahbuslar malakali shifokorlar tibbiy koʻrigidan oʻtkazildi va kerakli dori vositalari tarqatildi.Bundan tashqari Ombudsmanning Qashqadaryo viloyati mintaqaviy vakili tomonidan tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslar bilan yakka tartibda sayyor qabul oʻtkazildi. Unda mahbuslar tergov jarayonlaridan noroziliklari va sud jarayonlarida Ombudsman mintaqaviy vakilining ishtirok etish boʻyicha murojaat qilishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring