Qashqadaryoda “Telegram” orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullangan shaxslar fosh qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda DXX xodimlari hamkorligida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
Mazkur tadbirlar davomida fuqarolar S.N. va A.E. “Telegram” tarmogʻida kanal-bot tashkil etib, ushbu kanal orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelganliklari fosh qilingan.
Shundan soʻng, tadbir davom ettirilib, ularning yashash xonadonidan 7,9 gramm “marixuana” hamda 22,79 gramm “mefedron” sintetik giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring