Qashqadaryoda qor boʻronida qolib ketgan 10 kishi qutqarildi
Foto: FVV
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida qor boʻronida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 23-yanvar kuni soat 18:00 da Qashqadaryo viloyati FVBga Dehqonobod tumani “Mustaqillik” MFY hududidan oʻtgan avtomobil yoʻlida kuchli shamol boʻlishi natijasida kuzatilgan qor boʻronida bir nechta avtomobilning harakatlari cheklanib, fuqarolar yoʻlda qolib ketgani va ularga amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.
Xabarga asosan, maxsus yoʻl tanlamas avtomobilida FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, qiyin ahvolga tushib qolgan 10 nafar fuqaroni xavfsiz hududga olib chiqqan.
“Oʻzgidromet” agentligining maʼlum qilishicha, bugun, 24-yanvar kuni kunduz kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Shu munosabat bilan safar rejasini tuzayotgan fuqarolar avvalo ehtiyotkorlik choralarini koʻrib olishi zarar qilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring