Qashqadaryoda qoʻngʻir ayiqlar chorvaga hujum qilib, 4 ta echkini yeb qoʻydi

17:00 09 Iyul 2024 Jamiyat
388 0

Foto: Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari chegarasida joylashgan Kunkoʻrmas dovonining Qashqadaryo viloyati hududida Oʻrta Osiyo qoʻngʻir ayiqlari choʻponlarning 4 bosh echkisini yeb qoʻydi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi va uning Urgut tumani inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tezkor tartibda nazoratga olingan.

Aniqlanishicha, Suv sathidan 2500-2700 metr balandlikdagi ushbu yovvoyi tabiatga tegishli boʻlgan ayiqlarning yashash manzilida Urgut tumani Soygʻus MFYning choʻponlari ijara asosida mol qoʻylarini boqayotganda noyob tur hisoblangan Oʻrta Osiyo qoʻngʻir ayiqlari 4 bosh echkini yeb qoʻygan. Choʻponlarga yoki ayiqlarga talafot yetmagan.

Shuningdek, mahalliy aholining taʼkidlashicha, 2 kun burun kechasida ayiqlar Soygʻus MFYga 2-3 kilometr yaqinlikdagi togʻ bagʻrida oʻsuvchi mevali daraxtlarni yeyish uchun tushib kelgan.

«Hozirda tegishli mutaxassislar tomonidan holat nazoratga olinib oʻrganish ishlari davom etmoqda», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер