Qashqadaryoda oʻquvchi oʻqituvchining yuziga tarsaki tushirdi (+video)
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda oʻquvchi oʻqituvchining yuziga tarsaki tushirib, sinfxonadan chiqib ketgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 8-fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabida sodir boʻlgan.
Maktabning 8-sinf oʻquvchilari B.N. va E.S. rus tili fani darsida oʻzaro tortishib, turli nooʻrin soʻzlar bilan bir-birini haqorat qilgan. Oʻqituvchi E.F. ulardan darsdan chiqib ketishini talab qilgan, biroq B.N. oʻqituvchining talabiga boʻysunmasdan unga nisbatan qoʻpol soʻzlar ishlatgan.
“Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tegishli tartibda oʻrganish olib borildi hamda pedagog xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Bolalar ombudsmanining maʼlum qilishicha, maktab tartib-qoidalarini buzgan oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga koʻra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda fuqaro G.X. dars vaqtida sinfxonaga bostirib kirib, oʻqituvchini haqorat qilib, unga qoʻl koʻtargani aks etgan video jamoatchilik oʻrtasida keskin muhokamalarga sabab boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring