Qashqadaryoda oʻndan ortiq bogʻcha foydalanishga topshirildi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Qarshi shahridagi Batosh mahallasida joylashgan 42-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining binosi 1979-yilda qurilgan boʻlib, soʻnggi vaqtlarda nihoyatda taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan va oʻz faoliyatini toʻxtatgan edi.
2024-yilda tegishli investitsiya dasturi asosida eski bino toʻliq kapital rekonstruksiya qilinib, uning oʻrnida ikki qavatli zamonaviy bogʻcha binosi barpo etildi. 360 oʻringa moʻljallangan binoda bolajonlarning sifatli taʼlim va tarbiya olishi, MTT xodimlarining esa samarali ish faoliyatini olib borishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
— Soʻnggi ikki yilda mahallamizda juda katta oʻzgarishlar amalga oshirildi, — deydi Batosh mahallasida yashovchi Zubayda Aliqulova. — Yangi maktab, mahalla guzari qurib berildi, yoʻllarimiz yangilandi, ichimlik suvi bilan bogʻliq muammolarimiz bartaraf etildi. Mana endi eski bogʻchamiz oʻrnida zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasasining qurib berilishi biz uchun yana bir qulaylik boʻldi.

Shu kuni Qarshi shahrining Naxshab mahallasida joylashgan 43-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining yangi binosi ham foydalanishga topshirildi.
Mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti 1969-yilda qurilgan boʻlib, 180 nafar bolani qabul qilish imkoniyatiga ega. 2022-yilda “Tashabbusli byudjet“ loyihasi doirasida 279 million soʻm mablagʻ ajratilib, bogʻchaning kanalizatsiya tizimi yangilangan edi. 2023-2024-yillar davomida esa mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, bino zamonaviy talablar asosida qayta jihozlandi.
Umumiy hisobda Qashqadaryo viloyatida Yangi yil bayrami munosabati bilan oʻndan oshiq davlat va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari foydalanishga topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring