Qashqadaryoda mast erkakni mashina urib yubordi. Haydovchi piyodani dalaga tashlab ketgan

Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyatida “Labo” haydovchisi mast fuqaroni urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketdi. Bu haqda “Ovoza” dasturida xabar berildi.
Bildirilishicha, marhum tumanning Qoraquchchi mahallasida yashagan. U kechki soat 00:30 atrofida onasining uyidan mast holda chiqqan va uni mashina urib ketgan.
IIO tomonidan olib borilgan surishtiruvlarda YTHni Qarshi tumanida yashovchi Labo haydovchisi sodir etgani aniqlangan.
“Haydovchi piyodani urib yuborganidan soʻng uni avtomobiliga ortib, mahalladagi paxta maydoni yoqasiga tashlab ketgan. Oqibatda u tez tibbiy yordam koʻrsatilmagani sababli vafot etgan”, deyiladi videolavhada.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʻlimiga sabab boʻlsa) va 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish odam oʻlimiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, unga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring