Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Unda soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼkidlanganidek, tuman markazidan qariyb 35 chaqirim olisda, Hisor togʻ tizmalari bagʻrida joylashgan Bashir qishlogʻi oʻzining soʻlim va betakror tabiati, shu yerda mangu qoʻnim topgan mashhur shayxlari, avliyolari, ularning nomi bilan ataladigan ulugʻ qadamjolari bilan mashhur. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlovchi mashhur Taxtaqoracha dovoni etagida joylashgan Qaynar qishlogʻining tabiati ham moʻjizakor.
Har ikki qishloqda soʻnggi yillarda sayyohlik infratuzilmasini yaratish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shunga monand, bu yerga tashrif buyuruvchilarning soni ham yildan yilga ortib bormoqda. Ushbu qishloqlarga “Turizm qishlogʻi” maqomining berilishi bu boradagi ishlarni yangi sifat bosqichiga koʻtarishga zamin hozirlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring