Qashqadaryoda ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi

16:37 12 Avgust 2025 Jamiyat
180 0

Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida IV “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari!” IV ekologiya va turizm xalqaro qurultoyiga start berildi. Joriy yilning 16-avgustiga qadar davom etadigan anjumanda mamlakatimizning turli hududlari hamda xorijiy davlatlardan kelgan mingga yaqin yoshlar ishtirok etmoqda.

Quriltoy kun tartibidan koʻplab qiziqarli loyihalar oʻrin olgan. Turli tanlov va seminarlar, plogging va sport musobaqalari, ekologik va turistik loyihalar, biznes-treninglar, taniqli insonlar bilan davra suhbatlari, madaniy-koʻngilochar dasturlar shular jumlasidandir.

— Bu tadbirning muhim jihatlaridan biri — tabiatni asrashga, yoshlar qalbida ekologiyaga hurmat uygʻotishga ustuvor ahamiyat qaratilgan, — deydi Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov. — Masalan, aholi tomonidan tabiat bagʻriga tashlab ketilgan chiqindilarni tozalash bilan bu muammoni hal qilib boʻlmaydi. Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslikni keng targʻib qilish orqali uning oldini olish mumkin.

Bugun kechga qurultoyning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Ertadan esa asosiy tadbirlar boshlanadi.

Jahongir BOYMURODOV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?