Qashqadaryoda belaruslik kardioxirurglar ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi
Shu yil 13-noyabrdan yurtimizda Oʻzbekiston – Belarus sogʻliqni saqlash va tibbiyot taʼlimi kunlari boshlandi.
Uning doirasida bir guruh belaruslik mutaxassislar tibbiy koʻrik va yuqori texnologiyali murakkab jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Dastlab Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida bemorlar konsilium qilinib, ularga zarur tavsiyalar berildi.
Shundan soʻng belaruslik tibbiyot fanlari doktori, akademik Yuriy Ostrovskiyning “Oʻtkir aorta sindromi: davolash va yechim”, “Yurak transplantatsiyasi kecha va bugun” hamda “Yurak transplantatsiyasi va oʻtkir aorta anevrizmasi” mavzularida maʼruzalari tinglandi.
Qolaversa, shu kunning oʻzida xorijlik va filial mutaxassislari hamkorligida 4 nafar bemorda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi.
Rejaga koʻra, salomatlik kunlari doirasida Qashqadaryoda yana 5 nafar bemor operatsiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring