Qashqadaryoda 2021-yilda sud qarorlarining 68 foizi ijro etilmagani aniqlandi

01:53 25 Aprel 2021 Jamiyat
1244 0

Qashqadaryoda 2021-yilning birinchi choragida sud qarorlarining 68 foizi ijro etilmasdan qolgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudi raisi Abdiqayum Mahkamov maʼlum qildi..

“Sud qarori ijroga yoʻnaltirilganidan soʻng, albatta bajarilishi shart. Agar ijrosi paysalga solinsa yoki bajarilmasdan qolsa, bu – nafaqat sud-huquq tizimi va prokuratura organlariga nisbatan balki jamiyatga nisbatan ham aholida ishonchsizlik paydo boʻladi. 2021-yilning birinchi choragida sud qarorlarining 68 foizi ijro etilmasdan qolgani boʻyicha javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Qashqadaryo viloyati Majburiy ijro byurosi zimmasida boʻlib, bu muammoga aralashishga bizda vakolat yoʻq. Chunki suddan ijro ajratib olinib, prokuratura tizimiga oʻtkazib yuborilgan”, dedi Abdiqayum Mahkamov.

Shuningdek, brifingdan soʻng oʻtkazilgan matbuot anjumanida oʻtgan uch oy davomida 113 ta ish boʻyicha 170 ta asossiz ayblov, 18 nafar shaxsga nisbatan oqlov eʼlon qilingani hamda tuman hokimlarining 17 ta qarori haqiqiy emas deb topilgani boʻyicha jurnalistlar bilan fikr almashildi. Korrupsiya bilan bogʻliq jinoyat 12 taga koʻpaygani, bosqinchilik jinoyati 2 taga ortgani haqida ham aytib oʻtildi.

Faxriddin Bozorov,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер