Qashqadaryoda 1900 kg isteʼmol uchun yaroqsiz goʻsht va goʻsht mahsulotlari yoqib yuborildi

20:33 07 Iyun 2021 Jamiyat
856 0

архив фото

Qashqadaryo viloyatida fuqarolar tomonidan 6 ta holatda jami 1905 kg veterinariya laboratoriya ekspertiza xulosasiga asosan isteʼmol uchun yaroqsiz deb topilgan goʻsht va goʻsht mahsulotlarini viloyat va Respublikaning isteʼmol bozorlariga chiqishini oldi olinib, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmachsining masʼul xodimlari ishtirokida tegishli tartibda yoqish yoʻli bilan yoʻq qilindi.

Bundan tashqari, 5 oy davomida veterinariya-sanitariya tartib qoidalarini buzgan 327 nafar fuqaroga nisbatan veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, 15.888.500 soʻm miqdorda jarima qoʻllanildi.

Karantin tadbirlarini taʼmilash boʻlinmasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер