Qashqadaryo viloyatida Makedonskiy qalʼasi xarobalari topildi
Dehqonobod tumanidagi qadim ipak yoʻlining shundoqqina yoqasida, tarixda muhim strategik makon vazifasini bajargan “Oqrabot” mahallasi hududida joylashgan qalʼa xarobalari Aleksandr Makedonskiy bilan bogʻliqligi maʼlum boʻldi.
Aniqlanishicha, oʻz vaqtida Markaziy Osiyoga yurish qilgan Makedonskiy qishni Dehqonobodda oʻtkazgan, oʻzi va askarlari uchun grek uslubidagi bir qalʼa qurdirgan.

— Ushbu qalʼa asrlar oʻtishi bilan anchayin choʻkkan va hozirda uning maʼlum bir qismi yer ustida qolgan, — deydi Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Dehqonobod tuman boʻlinmasi rahbari Renat Qoʻziboyev. — Mahalliy aholining aytishicha, bu xarobalar rus imperatori Nikolay II tomonidan kengaytirilib, qayta taʼmirlangan.
Darhaqiqat, ushbu tarixiy hudud oʻtmishdagi hukmdorlar tomonidan qadrlangan, har biri maʼlum muddat qishlagan. Jumladan, Kushon imperiyasi hukmdorlari, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur ham Dehqonobodda oʻz qarorgohlariga ega boʻlishgan.
Mahalliy tarixchilar va oʻziga xos arxitekturasiga koʻra Makedonskiy qalʼasi deya taxmin qilinayotgan maskan hali toʻliq oʻrganilmagan. Ammo bu yer Oʻzbekistonning noyob qadim madaniyat beshiklaridan biri boʻlganiga shubha yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring