Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

12:02 29 Iyul 2025 Jamiyat
127 0

Ikki hududda elektrdan noqonuniy va nooqilona foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, inspeksiyaning Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Mirishkor tumanida “Sh. N.” fermer xoʻjaligiga qarashli suv chiqarish nasosini hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 394,7 million soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa bir holatda esa, Oʻzenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida joylashgan “D.” MCHJ reaktiv quvvatni kompensatsiya qilmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi boʻyicha hisob-kitob qilinib, 62 million soʻm miqdorida moliyaviy sanksiya qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер