Qarshidagi yangi korxona 6 oyda 70 mingdan ortiq kiyim-kechak eksport qildi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Soʻnggi yillarda Qashqadaryo viloyati hokimligi, shahar, tuman hokimliklari delegatsiyalarining turli xorijiy davlatlarga tez-tez amaliy tashrif bilan borib, u yerdagi tadbirkorlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi, biznes hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muloqotlar olib borishi anʼana tusini olmoqda.
Ana shunday tashriflarning birida Rossiyaning yirik tadbirkorlik subyektlaridan biri – “Твой” kompaniyasi vakillari bilan ham muzokaralar oʻtkazilgan edi.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joiz, “Твой” kompaniyasi Rossiyaning yirik kompaniyalar tarmogʻi boʻlib, RFR va boshqa davlatlarda tikuv-trikotaj, toʻqimachilik, matoni boʻyash, mato printi kabi ishlab chiqaruvchi koʻplab fabrikalar tarmogʻi hamda 350 dan ortiq yirik savdo majmualariga ega.

Muzokaralarda kompaniya taʼsischilari Qarshi shahrida ham tekstil mahsulotlari ishlab chiqaradigan yana bir korxonasini tashkil etishga qiziqish bildirdi. Natijada joriy yilning fevral oyida mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda “Osmon guli” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonani taʼsis etishib, Qarshi shahrining Batosh mahallasi hududida oʻzlarining ishlab chiqarish majmualarini qurishga kirishdi. Qisqa muddat ichida eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxona barpo etilib, shu yilning mart oyi oxirida foydalanishga topshirilgan edi.
– Ayni vaqtda korxonamizda 100 dan oshiq turdagi kiyim-kechaklar, turli tekstil mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda, – deydi korxona rahbari Yelena Shugareva. – Mahsulotimizning asosiy qismi xorijga eksport qilinishi koʻzda tutilgan. Shunga muvofiq, ayni vaqtga qadar 71 ming 653 dona, umumiy narxi 2 milliard 683 million soʻmlik tayyor mahsulotni xorijga eksport qilishni uddaladik. Joriy yilda yangi ish boshlaganimiz va hali tajriba toʻplayotganimizni hisobga olsak, bu yomon natija emas. Kelgusida ishlab chiqarish salohiyatimiz ham, eksport koʻrsatkichlarimiz ham yanada oshib boraveradi.

Korxona masʼullarining maʼlumot berishicha, ayni vaqtga qadar korxonada 200 nafar kishi doimiy ish bilan band etilgan. Ularning asosiy qismini ishsiz va avval uyda oʻtirgan xotin-qizlar tashkil etadi. Shuningdek, korxonada yana 300 ga yaqin ishchi kuchiga ehtiyoj mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring