Qarshi tumanida oʻrdakchilik rivojlanmoqda

13:07 19 Fevral 2025 Jamiyat
121 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Sherzod Rahimov Qarshi tumanidagi eng barqaror va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan biri hisoblanadi.

U 2018-yilda “Oktams fish” masʼuliyati cheklangan jamiyatini taʼsis etib, hududda birinchilardan boʻlib intensiv usulda baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻygandi. Ayni paytda korxona tasarrufidagi sunʼiy havzalarda yiliga toʻrt tonnagacha baliq yetishtirilmoqda.

Oʻtgan yili tadbirkor 2 milliard soʻmdan ortiq sarmoya evaziga hududda zamonaviy turizm va aholi dam olish majmuasini ham qurib, ishga tushirdi. Majmua sunʼiy sharshara, voleybol, mini futbol, suv havzasi, ovqatlanish shoxobchalari hamda kafe-barlarni oʻz ichiga olgan.

Sherzod Rahimovning navbatdagi loyihasi tumanning Qoʻyi Beshkent mahallasi hududidagi qarovsiz yerlarni oʻzlashtirib, bu yerda oʻrdak boqishni yoʻlga qoʻyish boʻldi.

— Shu kunga qadar loyihamiz uchun ajratib berilgan yerlarni obodonlashtirib, oʻrdakchilik xoʻjaligini tashkil etdik, — deydi tadbirkor. — Bu yerda 100 ming bosh oʻrdak boqishni rejalashtirganmiz. Bu bilan korxonamizning iqtisodiy imkoniyatlari yanada oshadi, yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер