Qarshi shahrida sex Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan ayblanmoqda
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Qarshi shahrida 232,8 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan sexni aniqladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda noqonuniy holat fosh boʻlgan.
Qayd etilishicha, fuqaro A.N. va boshqalar tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan Qarshi shahri “Naqshab” MFY hududidagi xonadonda novvot ishlab chiqarish sexini tashkil etishgan.
Ushbu sex boshqaruvchilari umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga yashirincha ulanib, jami 232,8 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Urganch shahrida 2,9 milliard soʻmlik noqonuniy dori vositalari aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring