Qarshi shahrida “Salomatlik marafoni”ga start berildi

11:14 04 Mart 2026 Jamiyat
147 0

Qarshi shahrida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etishga qaratilgan “Salomatlik marafoni” boshlandi.

Marafon doirasida joriy oy yakuniga qadar oilaviy poliklinikalar, viloyat va respublika darajasidagi yetakchi shifokorlar, shuningdek, xorijiy mutaxassislar ishtirokida aholining barcha qatlamlari chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

“Salomatlik marafoni” davomida nafaqat tibbiy koʻriklar tashkil etiladi, balki sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish va kasalliklarning oldini olish boʻyicha amaliy tavsiyalar ham beriladi. Aholi uchun taqdim etilayotgan barcha tibbiy xizmatlar mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

Marafon doirasida shahar markaziy koʻchalari boʻylab 5 ming qadamlik piyoda yurish tadbiri ham tashkil etildi. Bu esa aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga xizmat qilmoqda.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер