Qandli diabet rivojlanishini kechiktirish usuli topildi
Illyustrativ foto
Avstraliyaning Kvinslend universiteti olimlari ichaklarda qisqa zanjirli yogʻ kislotalari ishlab chiqarishni koʻpaytirish 1-toifa diabet rivojlanishini kechiktirishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqot natijalari haqida tahliliy maqola “Nature Communications” jurnalida chop etildi.
Tajriba doirasida 1-toifa qandli diabet bilan ogʻrigan 21 kishiga maxsus ogʻiz bioterapiyasi buyurildi — ishtirokchilarga qisqa zanjirli yogʻ kislotalari olish koʻrsatma berildi. Qisqa zanjirli yogʻ kislotalari ichakdagi mikroblar jamoasining asosiy foydali komponenti boʻlib, ular ovqat hazm qilish, immunitet va umumiy salomatlikda muhim rol oʻynaydi.
Qisqa zanjirli yogʻ kislotalarini qabul qilgandan soʻng, olimlar har bir koʻngillidan ichak mikrobiotasi namunalarini olib, ularni diabet rivojlanishi xavfi yuqori boʻlgan sichqonlar guruhiga koʻchirib oʻtkazishdi.
Tahlil shuni koʻrsatdiki, qisqa zanjirli yogʻ kislotalari sichqonlarda ham, odamlarda ham ichak toʻsigʻi funksiyasini kuchaytirdi. Olimlar tanadagi qisqa zanjirli yogʻ kislotalari darajasini oshirish diabet patogenezi asosidagi autoimmun reaksiyalarni ham bostirishini taklif qilishdi. Birinchi toifa diabetda immunitet tizimining notoʻgʻri ishlashi tufayli insulin gormonini ishlab chiqaradigan oshqozon osti bezining beta hujayralari yoʻq qilinadi. Shu sababli, shakar hujayralarga samarali kirmaydi va tanada toʻplanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring