Qanday holatlarda koronavirusga qarshi emlanishdagi tibbiy cheklovlar bor?
AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov bu savolga oydinlik kiritdi.
COVID-19ga qarshi emlashga moneʼlik (toʻsiq) qiluvchi holatlar:
vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi boʻlgan shaxslar;
anamnezida ogʻir allergik reaksiyalari boʻlgan shaxslar;
oʻtkir yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bilan kasallanganlar;
homilador va emizuvchi ayollar;
18 yoshgacha boʻlgan bolalar;
OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar;
koronavirus infeksiyaning oʻtkir shakli simptomlari boʻlgan bemorlar, laboratoriyada COVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan shaxslar va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar, karantin muddati tugaganidan soʻng emlanadilar.
Barcha turdagi emlashlarni amalga oshirishdan avval, shifokor emlanuvchi shaxsda allergik reaksiyalar bor yoki yoʻqligiga aniqlik kiritadi va oldingi emlashlardan soʻng ogʻir allergik reaksiyalar kuzatilgan boʻlsa, u holda emlashdan tibbiy cheklov beriladi.
Shaxsga qon va uning komponentlari quyilgan taqdirda COVID-19ga qarshi emlash:
eritrotsitar yoki leykotsitar massa quyilganida 6 oydan keyin;
trombotsitar massa yoki plazma quyilganida 7 oydan keyin;
immunoglobulin yuborilgan holatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash immunoglobulin yuborilganidan 3 oydan keyin;
grippga qarshi emlangan boʻlsa - 1,5 oydan keyin
boshqa turdagi vaksina, immunoglobulin, zardob va anatoksinlar bilan emlangan taqdirda 1 oydan keyin amalga oshirilishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring