“Qamchiq” dovonida yuk avtomashinasi xandaqqa tushib ketdi (+video)
Bugun, 2-may kuni soat 03:10 da A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlangan “Shacman” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq qismiga tushib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida “Qamchiq” maxsus-qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatga asosan, qutqaruv guruhi aytilgan manzilga yetib borgan hamda maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomashinasi xandaqdan olib chiqilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan maʼlumotlarga koʻra, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 20-aprel kuni “Qamchiq” dovonidan oʻtgan “Toshkent-Vodiy” yoʻnalishida harakatlanib kelgan “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq qismiga tushib ketgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring