“Qamchiq” dovonida 5 000 quti noqonuniy tamaki mahsulotlarini olib ketayotgan shaxs qoʻlga tushdi
“Qamchiq” dovoni YPX maskanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi noqonuniy tamaki mahsulotlarini olib ketayotgan shaxs toʻxtatib qolindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Pop tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida “Qamchiq” dovoni YPX maskanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro M.Sh.ning (muqaddam sudlangan) boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda avtomashina salonida xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 5 000 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu shaxs mahsulotlarni Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ular ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring