Qalin tuman tufayli Toshkent xalqaro aeroporti ayrim reyslarni muqobil aerodromga yoʻnaltirdi

19:59 03 Dekabr 2024 Jamiyat
350 0

Foto: “Uzbekistan Airports”

Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etildi.

“Uzbekistan Airports”ga koʻra, quyidagi reyslar Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirilgan:

  • “Silk Avia” aviakompaniyasining Fargʻona – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha US402;
  • “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Bishkek – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY778;
  • “UTair” aviakompaniyasining Surgut – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha UTA-709;
  • “Centrum Air” aviakompaniyasining Dubay – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha MFX-352;
  • “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Grozniy – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY9702 reysi Buxorodagi muqobil aerodromga yoʻnaltirilgan.

“Parvozlar maʼlumotlari yangilanmoqda”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?