Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

11:55 15 Fevral 2024 Jamiyat
111 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB va Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shaharda joylashgan “Sh.S.” MCHJga qarashli savdo doʻkonida kirim hujjati mavjud boʻlmagan jami 82 xil turdagi jami 3 583 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?