Putinning Germaniya bilan muloqoti NATOni norozi qildi

Germaniya kansleri Olaf Sholsning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti NATOda keskin tanqidlarga sabab boʻldi. Polsha Bosh vaziri Donald Task bu qoʻngʻiroqni “faqatgina telefon diplomatiyasi” deb atab, uni real yordam oʻrnini bosa olmasligini taʼkidladi. Unga koʻra, Gʻarbning haqiqiy qoʻllab-quvvatlovi Ukrainaga zarur. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Qayd etish kerakki, Moskva soʻnggi hujumda Ukrainaga 120 ta raketa va 90 ta dron yuborgan. Unga koʻra, hujumda gipersonik “Sirkon” va “Kinjal” raketalari hamda Eron ishlab chiqargan “Shahed” dronlari ishlatilgan. Zelenskiy Ukraina “140 dan ortiq” hujum vositasini toʻxtatganini maʼlum qildi.
Shols Putinni urushni toʻxtatishga chaqirib, Rossiya qoʻshinlarini Ukraina hududidan olib chiqishni talab qildi. U oʻzining bayonotida Rossiya Ukraina bilan “adolatli va barqaror tinchlik” uchun muzokaraga tayyor boʻlishi kerakligini aytdi. Shunga qaramasdan, bu telefon muloqotidan soʻng, Moskvaning urushga boʻlgan qarashida jiddiy oʻzgarishlar kuzatilmagani maʼlum boʻldi.
Polsha va Litva kabi NATO davlatlari telefon muloqotini samarasiz deb baholamoqda. Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis bu kabi strategiyalarni muvaffaqiyatsiz deb atab, “tinchlik faqat kuch bilan taʼminlanadi” deya qoʻshimcha qilgan. Shuningdek, u bunday qoʻngʻiroqlar Rossiyaning izolyatsiyasini zaiflashtirishi mumkinligini koʻrsatmoqda.
Zelenskiy esa bu muloqotni “Pandora qutisini ochish” deb atadi. Unga koʻra, bunday muloqotlar Rossiya prezidenti uchun izolyatsiyadan chiqish imkonini beradi. Ukraina rahbari bu turdagi suhbatlar faqatgina vaqtni oʻtkazish va soʻzlarda qolib ketish ekanini taʼkidladi.
Sholsning soʻzlariga koʻra, ushbu muloqot Rossiyaning urush haqidagi pozitsiyasida jiddiy oʻzgarish kiritmadi. Germaniya kansleri urushni toʻxtatish uchun Gʻarb birdamligini davom ettirish muhimligini qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring