Putin Ukrainaning hujumini provokatsiyada ayblamoqda

18:58 08 Avgust 2024 Dunyo
377 0

Moskva janubi-gʻarbiy Kursk viloyatida yirik transchegaraviy hujumga qarshi kurashayotganini aytganidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani katta provokatsiyada aybladi. Aynan janubi-gʻarbiy mintaqada favqulodda holat eʼlon qilingan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi 7-avgust kuni 31 tinch fuqaro, jumladan, olti bola yaralanganini maʼlum qildi. Viloyat gubernatorining aytishicha, bir kun avval Ukraina qoʻshinlari tanklar va bronetexnika bilan chegarani buzib kirishi oqibatida besh kishi halok boʻlgan.

“Kiyev rejimi yana bir yirik provokatsiyani boshladi”, degan Putin Ukraina shimolidagi Sumi viloyati bilan chegaradosh Kursk viloyatidagi hujumga ishora qilib.

Ukraina hujum haqida toʻgʻridan-toʻgʻri izoh bermadi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina kuchlari Moskvadan 530 km janubi-gʻarbda joylashgan chegaradagi Sudja shaharchasining shimoli-gʻarbiga siljiyotganini aytdi. Rossiya hujumni qaytarish uchun havo va artilleriya oʻq otish kuchidan foydalanganini maʼlum qilgan, bundan oldin mintaqaga qoʻshimcha kuchlar yuborilgani ham maʼlum qilingandi.

Rossiya matbuoti tarqatgan xabarlarida 5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan shaharning yonayotgani va evakuatsiya qilinmagan aholi esa cherkovlardan boshpana topgani aytilgan. Biroq, yetkazilgan zarar miqdori nomaʼlumligicha qolmoqda.

Vashingtonda joylashgan Urushni oʻrganish instituti 7-avgust kuni oʻzining yangilangan maʼlumotlariga koʻra, geolokatsion tasvirlar Ukraina Rossiya ichida 10 km uzoqqa ilgarilab ketgan boʻlishi mumkinligini koʻrsatmoqda.

Putin bilan uchrashuvda Rossiya Bosh shtab boshligʻi Valeriy Gerasimov Rossiya kuchlari 1000 ga yaqin ukrainalik askarning hujumini toʻxtatganini aytgan.

Ukraina Bosh shtabi Sumi viloyatida janglar avj olgani, rasmiylar 6 mingga yaqin odamni evakuatsiya qilganini taʼkidlagan. Shuningdek, ular hududga yaqin joyda samolyot, vertolyot va ogʻir qurollarni joylashtirgani, ammo oldinga siljishga erisha olmay, katta yoʻqotishlarga uchraganini maʼlum qildi.

AQSH Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga bergan qurollardan faqat chegaraning narigi tomonidagi tahdidlarni nishonga olish mumkinligi boʻyicha siyosatini oʻzgartirmaganini eslatib qoʻydi.

Sudja atrofidagi janglar 14-iyundan beri Rossiya Ukraina qoʻshinlaridan 420 kilometr kvadrat hududni tortib olganini daʼvo qilishi bilan boshlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер