Putin Ukraina munosib javob olishidan ogohlantirdi

14:16 13 Avgust 2024 Dunyo
302 0

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina mamlakat janubiga bostirib kirib, Rossiya barqarorligiga putur yetkazmoqchiligini taʼkidladi. Unga koʻra, shu sabab Ukrainaga munosib javob beriladi. Oʻtgan hafta Ukraina kuchlari Rossiya chegarasini kesib oʻtib, Kursk viloyatining gʻarbiy qismlarini yorib kirdi. Ukraina harbiy qoʻmondoni uning kuchlari Rossiya hududining ming kvadrat kilometrga yaqinini nazorat qilayotganini aytdi.

Moskva hujumni toʻxtatish uchun oʻz qoʻshinlarini joylashtirib, harbiy zarba berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi dushanba kuni Kursk shahriga qoʻshimcha kuchlar va resurslar kelganini maʼlum qilgan. 12-avgust kuni Zelenskiy Kursk ichida Ukraina harbiy kuchlari harakatlanayotganini ilk marotaba tasdiqladi.

Avvalroq, Kursk gubernatori Aleksey Smirnov olti kunlik Ukraina hujumlari 28 ta aholi punktlariga zarar yetkazgani va hujum chegaradan taxminan 12 km ichkarida, 40 km kenglikda davom etayotganini maʼlum qilgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, 12 nafar tinch aholi halok boʻlgan va 121 ming kishi evakuatsiya qilingan yoki jang maydonlarini tark etgan. Rejaga koʻra, 180 ming nafar aholi evakuatsiya qilinishi lozim.

Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkovning soʻzlariga koʻra, dushanba kuni Rossiyaning Belgorod viloyatida ham evakuatsiya buyrugʻi chiqarildi. Bunga Kurs bilan chegaradosh Krasnaya Yaruga tumani Ukraina kuchlari tomonidan bosib olinishiga boʻlgan qoʻrquv sabab boʻlgan.

Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya Kiyev harbiylarini urush jinoyatlarida yolgʻon ayblashga urinayotganini maʼlum qildi. Shuningdek, Moskva ham ikkinchi tomonni soxta operatsiyalar oʻtkazishda ayblamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер