Putin NATOning zaif tomonlarini fosh qilishga urinmoqda — Germaniya mudofaa vaziri

13:12 25 Sentyabr 2025 Dunyo
88 0

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Putinni NATOning zaif tomonlarini fosh qilishga urinayotganlikda aybladi. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.

Boris Pistoriusning taʼkidlashicha, Rossiya uchuvchisiz uchoqlari va harbiy samolyotlarining NATO havo hududiga bostirib kirishi Kreml ataylab oʻylagan strategiyasining bir qismidir.

“Putin NATOga aʼzo davlatlarni harakatga keltirmoqchi. Shundan soʻng, alyansning zaif tomonlarini aniqlab, fosh qilmoqchi va undan foydalanmoqchi”, — deydi Pistorius “Bundestag byudjeti” muhokamasi chogʻidagi nutqida.

Qoʻshimcha qilinishicha, Rossiya chegaralarni tobora koʻproq va agressiv tarzda sinab koʻrmoqda. NATO esa Putinning mazkur provokatsion harakatlariga uchmasdan, aniq va birlashgan holda, balki kerakli vazminlik bilan javob qaytarmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер