Putin: Mehnat migrantlari uchun patent tizimini bekor qilish masalasi koʻrib chiqilishi mumkin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mehnat migrantlari uchun amal qilayotgan patent tizimini bekor qilish ehtimoli haqida gapirdi. Bu haqda u Davlat Dumasi fraksiyalari rahbarlari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
— Mehnat migrantlari uchun patent tizimini bekor qilish masalasi bor. Buni oʻylab koʻrish kerak. U keng qoʻllanadi. Men hech narsani istisno qilmayman, — dedi davlat rahbari.
Putinning taʼkidlashicha, migratsiya masalasi rossiyaliklar uchun juda sezgir mavzu boʻlib qolmoqda.
— Bu fuqarolar uchun juda sezgir soha. Hokimiyat, na federal, na mahalliy darajada, muammo yoʻqdek koʻrsatmasligi kerak. Bu savollar bor va ularni hal etish lozim. Lekin agar doimiy eʼtibor markazida boʻlmasa, hal qilib boʻlmaydi, — dedi Putin.
Maʼlumot uchun, Rossiyada vizasiz tartibda kiradigan xorijiy mehnat migrantlari patent tizimi orqali ishlash huquqini oladi. Patent — bu mamlakat hududida ishlashga ruxsat boʻlib, uni xorijiy fuqarolar mamlakatga kirganidan keyin 30 kun ichida rasmiylashtirishi shart.
Patent olish uchun migrantlar yashash joyida roʻyxatdan oʻtishi, tibbiy koʻrikdan oʻtishi, rus tili, tarix va qonunchilik boʻyicha bilimini tasdiqlashi, hujjatlar paketini Ichki ishlar vazirligiga topshirishi va davlat boji toʻlovini amalga oshirishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring