“Propan” gazi narxining keskin oshishi yuzasidan Raqobat qoʻmitasi oʻrganishni boshladi

17:14 01 Avgust 2024 Jamiyat
524 0

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlar orqali “Propan” gaz narxlarining keskin oshganligi yuzasidan eʼtirozlarni inobatga olib, oʻrganish ishlarini boshladi. Bu haqda qoʻmitaning matbuot xizmati xabar berdi.

“Raqobat qoʻmitasi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda oʻz vakolatlari doirasida tovar-xom ashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qoʻyilishi va sotilishi yuzasidan tegishli oʻrganishlarni olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, oʻrganish yakunlari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Maʼlumot uchun, Raqobat qoʻmitasi oʻz funksiyalaridan kelib chiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi.

Xususan, suyultirilgan gazning narxlarini oshishi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlashtirishni taʼminlash maqsadida tegishli choralar koʻrish yuzasidan masʼul regulyatorga xabar yuborilgan.

Avvalroq, metan va propanning narxi oshgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?