Prokuror Donald Trampning ahvoli «voy»ligini aytmoqda
Foto: Reuters
Sobiq federal prokuror Renato Mariotti Nyu-Yorkda davom etayotgan Donald Trampning jinoiy sudida respublikachilar partiyasi har qanday holatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchrashini bildirdi.
Manbaning yozishicha, Mariotti MSNBC telekanaliga bergan intervyusida AQSH sobiq prezidentining jinoiy ishini shtat sudidan federal sudga oʻtkazish boʻyicha potensial rejalarni muhokama qilinayotganini bildirgan. Uning taʼkidlashicha, iyul oyida hukm chiqarilgunga qadar Trampning mavqeyi haqidagi daʼvolar oʻzgarishsiz qoladi.
Oʻtgan oy Nyu-York sudyalar hayʼati Trampni Stormi Deniyelsga pul toʻlash bilan bogʻliq biznes yozuvlarini soxtalashtirishda aybladi. Ayblovlarni rad etib, ishni «jodugar ovi» deb atagan Tramp hukm ustidan shikoyat qilishni rejalashtirayotgan edi.
Tramp AQSH tarixidagi birinchi jinoiy ayblovlar bilan aybdor, deb topilgan sobiq prezident «tamgʻa»sini bekor qilishga urinishlariga qaramay, Mariotti sud qarori qatʼiy ekanini taʼkidlamoqda.
Xabarlarga koʻra, Tramp Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson bilan gaplashib, uni sudlanganlikni bekor qilishga chaqirgan.
Avvalroq, Donald Tramp Nyu-York sudida aybdor, deb topilgani haqida maʼlum qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring