Profilaktika inspektorini pichoqlab oʻldirganlikda gumonlanayotgan fuqaro qoʻlga olindi (+video)
Foto: videodan kadr
2025-yil 1-iyul kuni Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani “Yuksalish” mahallasida xizmat burchini bajarayotgan hudud profilaktika inspektori, katta leytenant Abduvaliyev Abdurasul Qahharovich ogʻir tan jarohati olib, vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Mazkur jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs Yu.Xolbozorov joriy yil 4-iyul kuni soat taxminan 06:30 larda Xoʻjaobod tumanidagi “Yuksalish” mahallasida joylashgan “Soʻqoloq” qabristonidagi makkajoʻxori maydonida yashirinib yotgan holatda aniqlangan.
Uning qoʻlga olinishi davomida u oʻzining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Shundan soʻng unga tez tibbiy yordam koʻrsatilgan va shifoxonaga yetkazilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” bandi (huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimiga nisbatan qasddan odam oʻldirish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi jinoyatchini qoʻlga olishda faol ishtirok etgan barcha fuqarolarga oʻz minnatdorligini bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring