Professional va havaskor shaxmatchilar bellashuvi

22:05 02 Iyun 2022 Sport
447 0

Shaxmat bugungi kunda Oʻzbekistonda eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi. Bu, albatta, mamlakatimizda sportga qaratilayotgan eʼtibor natijasidir. Aholining turli qatlamlari oʻrtasida turli musobaqalarning tashkil etilayotgani iqtidorli shaxmatchilarni kashf etishga xizmat qilmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan joylarda oʻtkazilayotgan shaxmat boʻyicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” ham ana shu maqsadga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Nurafshon shahrida ushbu musobaqaning Toshkent viloyati bosqichi tashkil etildi. Eʼtiborlisi, bellashuvlarning tuman va shahar bosqichlarida professional va havaskor darajada shaxmat bilan shugʻullanayotgan 34 000 nafardan ziyod ishtirokchi oʻzaro bellashdi. Ular orasidan eng kuchlilari viloyat bosqichida oʻzaro bellashdi. Yakunda professionallar oʻrtasida Oʻrta Chirchiq tumani vakili Almas Rahmatullayev va Toshkent tumanidan Sarvinoz Qilicheva gʻoliblikka erishdi.

Havaskorlar oʻrtasida esa Biloliddin Obidov va Barno Bakirova birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Endi ular musobaqaning Respublika bosqichida oʻz viloyatlari shaʼnini himoya qilishadi. Musobaqa yakunida tashkilotchilar tomonidan gʻolib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Marjona ABDURAHMONOVA, OʻzDJTU talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?