Probatsiya xizmati amaliyotiga elektron braslet tatbiq etiladi
Illyustrativ foto
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qaror bilan Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalariga quyidagilar kiradi:
- jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan, davolash huquqi asosidagi;
- tarbiya koloniyalari;
- turmalar;
- mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxonalar.
Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalaridan 50 metr masofada maʼmuriy, maishiy, xoʻjalik bino va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishiga, ular ijaraga berilishiga, shuningdek, balandligi 6 metrdan yuqori boʻlgan bino va inshootlar qurilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Shuningdek, qaror bilan 2020–2024-yillarda jazoni ijro etish koloniyalarining yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga oʻtkazgan holda ularni bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi.
Mazkur dasturga koʻra, belgilangan yillarda 14 ta jazoni ijro etish koloniyasining jami 60 ta yashash yotoqxonalari kubrik tipidagi xonalarga oʻzgartirish yoʻli bilan rekonstruksiya qilinadi. 3 ta yangi bino quriladi.
Bundan tashqari, 2020-yilda ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalarini videokuzatuv moslamalari va shaxsiy videoregistratorlar (bodi-kameralar) bilan jihozlash hamda Probatsiya xizmati amaliyotiga elektron brasletlarni tatbiq etish dasturi tasdiqlandi.
Unga koʻra, 18 ta jazoni ijro etish koloniyalarida 1 833 dona videokuzatuv moslamasi va 36 komplekt shaxsiy videoregistratorlar (bodi-kameralar) oʻrnatiladi.
Shuningdek, Probatsiya xizmati amaliyotiga joriy yilda 3 ming dona elektron braslet tatbiq etiladi.
Ichki ishlar vazirligi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, zamonaviy texnik qoʻriqlash vositalari va videokuzatuv moslamalarini xarid qilish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring