Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.
“Bugun shuni faxr bilan ayta olamizki, yurtimizda yaratilayotgan har bir ish oʻrni, qad koʻtarayotgan har bir korxona, xalqimiz ogʻirini yengil qilayotgan har bir xizmat, eksport boʻlayotgan har bir mahsulot – sizning jasorat bilan qilayotgan mehnatingiz, tashabbus va izlanishingiz mahsulidir”, dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida.
Bugungi tadbir shunchaki anjuman emas, davlat va biznes oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladigan jonli va samimiy muloqot maydoni ekani taʼkidlandi.
“Har bir soha, har bir hudud, har bir mahalla – faqat tadbirkor harakat qilganida, ularga quloq tutib, ishonch bildirilganida rivojlanadi, obod boʻladi.
Shu bois, bugun sizlarni eshitamiz. Sizning ovozingiz orqali hal qilinadigan masalalarni birgalikda muhokama qilib, ularga aniq yechimlar haqida kelishib olamiz”, dedi Prezident.
Prezidentimiz islohotlarning ilk kunlaridanoq tadbirkorlar bilan hamfikr boʻlib, iqtisodi qudratli, sanoati raqobatbardosh, moliyaviy tizimi barqaror, barcha sohalari investorlar uchun jozibador boʻlgan Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga kirishilganini qayd etdi.
Oʻtgan sakkiz yilda iqtisodiyotimizning koʻplab tarmoqlari yangidan tashkil etildi. Bu davrda 230 milliard dollar investitsiya kirib keldi, shundan 120 milliarddan ortigʻi – xorijiy sarmoya.
“Bir qarashda aytishga oson ushbu raqamni oldinlari hisob-kitob qilish tugul, tasavvur qilib ham boʻlmasdi. Lekin biz buni uddaladik”, dedi Prezident.
Turli nizo va ziddiyatlar tufayli jahon iqtisodiyoti gʻoyat murakkab davrni boshidan oʻtkazayotgan bir vaqtda pragmatik va proaktiv siyosat tufayli birinchi yarim yillikda iqtisodiyotimiz 7,2 foizga oʻsgani taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring