Prezident Zulfiya mukofotiga oid farmonni imzoladi: Mukofot komissiya rahbari oʻzgardi
Prezident Farmoni bilan bir qator Prezident hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi hamda ayrimlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.
Jumladan, endilikda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi qoshida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadi hamda unga mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
(Ilgari mazkur komissiya Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshida faoliyat yuritgan)
Shuningdek, Prezidentning tegishli qaroriga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, profilaktika inspektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
(Ilgari tegishlicha viloyat bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan)
Bundan tashqari, profilaktika katta inspektori (ushbu lavozim mavjud boʻlmaganda profilaktika inspektori) fuqarolar yigʻini raisining huquq-tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring