Prezident joylarda soliq bazasini kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlarni sanab o‘tdi
Masalan, 14 ta tumanda o‘tkazilgan o‘rganishlarda jami 4 ming 150 ta bo‘sh bino va 850 gektar bo‘sh yer maydonlari aniqlandi.
Past quvvatda ishlayotgan 6 ming 650 ta korxonada qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 30 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratish hisob-kitob qilindi.
Umuman, bir hafta ichida 14 ta tumandagi 766 ta mahallada 15 trillion so‘mlik 30 mingga yaqin kichik loyiha takliflari shakllantirildi. Ushbu loyihalarga kredit, soliq, infratuzilma masalalari hal qilib berilsa, 170 ming ish o‘rni yaratiladi, yiliga 12 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi, byudjetga qo‘shimcha 560 milliard so‘m tushum ta’minlanadi.
Jumladan, Bo‘ka tumanida past quvvatda ishlayotgan 440 ta korxona xom ashyo, 26 milliard so‘m aylanma mablag‘ va mahsuloti uchun bozor topib berilsa, qo‘shimcha 2,5 ming aholini band qilish mumkin.
Aniqlangan loyihalar ishga tushsa, Bo‘kada byudjetga qo‘shimcha 30 milliard so‘m tushumni ta’minlash mumkin bo‘ladi. Bu – tumanda byudjetga yillik tushumlarni 1,5 karra ko‘paytirish, degani. Tumanda bandlik masalasi to‘liq hal bo‘lib, “ishsizlikdan xoli hudud”ga aylanadi.
Eng muhimi, xorijdagi 5 mingdan ziyod migrasiyada yurgan yurtdoshlarimizning qaytishlari uchun muhit yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring