Prezident sovgʻalari Surxondaryoga yetib keldi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Kelajak avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik va eʼtiborning yorqin ifodasi — “Prezident archasi” bayram tantanalari bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan. Ayniqsa, Davlat rahbarining Yangi yil sovgʻasi kichkintoylarga olam-olam quvonch bagʻishlaydi.
Har yili Yangi yil bayramida mamlakatimizdagi ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, Mehribonlik va oilaviy bolalar mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga Prezident sovgʻasi berish anʼanaga aylangan. Bu yil ham bayram arafasida bolalarga Prezident sovgʻalari tayyorlandi.

Surxondaryo viloyatidagi 630 nafar Mehribonlik va Muruvvat uylari, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek, yurtimiz tinchligi yoʻlida qurbon boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun Prezident sovgʻalari yetib keldi.
Ushbu sovgʻalar bayram munosabati bilan oʻtkaziladigan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida “Inson” ijtimoiy xizmat markazlari orqali bolajonlarga taqdim etiladi.

Ayni paytda tadbirlarni mazmunli va koʻtarinki ruhda tashkil etish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda qator amaliy ishlarni olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring