Prezident Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti boshlandi

10:26 18 Mart 2022 Siyosat
838 0

Davlatimiz rahbarining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti boshlandi.

“Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusidagi ushbu tarixiy tadbir Toshkent shahridagi “Oʻzbekiston xalqaro anjumanlar saroyi”da boʻlib oʻtmoqda.

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berganidek, uchrashuvda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, tibbiyot xodimlarining takliflari eshitiladi.

Ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida tibbiyot xodimlari va aholidan 25 mingdan ortiq murojaat va takliflar kelib tushgan. Ular tahlil qilinib, “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoya asosida yurtimiz sogʻliqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va xalqimizga tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Uchrashuvda sohaning barcha boʻgʻinlaridan 13 ming nafardan ziyod xodimlar ishtirok etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?