Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi

17:37 11 Oktyabr 2023 Siyosat
399 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini toʻliq ishga solish va “Yashil makon” kuzgi mavsumini tashkil etish boʻyicha yigʻilish boshlandi.

Davlatimiz rahbari dunyodagi hozirgi murakkab vaziyatda har bir davlat turist jalb qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solayotganini koʻrsatib oʻtdi. Biz ham bunday keskin raqobat sharoitiga mos boʻlib ishlashimiz shartligi qayd etildi.

Oʻtgan 8 oyda:

— yurtimizga xorijdan 4,3 million turist keldi, ulardan 1,4 milliard dollar tushum boʻldi;

— 15 mingta yangi mehmon oʻrinlari yaratilib, ularning soni 137 mingtaga yetdi;

— 540 ta dam olish va koʻngilochar maskan barpo etildi, 70 ta turizm marshruti ochildi.

Shuningdek, 6 ta xususiy aviakompaniya ish boshladi, yangi 23 ta samolyot olib kelindi, 20 ta xalqaro va 6 ta ichki qatnov yoʻlga qoʻyildi, Samarqand aeroportida haftalik xalqaro reyslar 46 tadan 85 taga koʻpaydi, 1 ming 300 ta zamonaviy avtobus xarid qilinib, 38 ta marshrut ochildi.

Qoʻshimcha dam olish kunlari va chegirma berilgani hisobiga ichki sayyohlar soni 15 million nafarni tashkil qilib, oʻtgan yilga qaraganda 2 barobarga oʻsdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?