Prezident Shavkat Mirziyoyev BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi.
Ushbu koʻp tomonlama moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻtgan yil oktyabr oyidagi BRIKS sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Xususan, bankning Boshqaruvchilar kengashi tomonidan Oʻzbekiston Yangi taraqqiyot bankiga aʼzo boʻlishiga prinsipial rozilik berildi. Umumiy qiymati 5 milliard dollarlik birinchi navbatdagi qoʻshma loyihalar dasturi shakllantirildi.
Davlatimiz rahbari irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, togʻ-kon sanoatini rivojlantirish, xususiy sektorni moliyalashtirish, taʼlim va infratuzilma sohalarida davlat-xususiy sheriklikni ilgari surish kabi ustuvor yoʻnalishlarda loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini taʼkidladi.
Shuningdek, yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari qoʻllab-quvvatlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring