Prezident Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

13:18 12 Oktyabr 2021 Madaniyat
745 0

Foto: president.uz

Qurʼon tilovat etilib, Alloh taolodan xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo qilindi.

Ulamolar bilan suhbatda ilmning ahamiyati, yoshlar tarbiyasi haqida soʻz bordi.

- Buxoro azaldan ilm, maʼnaviyat markazi. Qadimda bu yerda 30 dan ortiq oliy madrasa boʻlgan. Hech qayerdan buncha koʻp ulamo chiqmagan. Bugun ham yoshlar tarbiyasida, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashishda Buxoroning oʻz oʻrni bor, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari ziyoratgohlarni va ularga olib boradigan yoʻllarni obod qilish, ichki turizmni rivojlantirish muhimligini taʼkidladi.

- Ziyorat xalqimizning ajdodlarga boʻlgan hurmatini, yoshlar dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuning uchun bu yerga boshqa hududlardan yangi yoʻnalishlar ochib, yoshlarni olib kelish, bilimini oshirish muhim, - dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev bugun hudud rivoji bilan tanishadi, shuningdek, Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida buxorolik saylovchilar bilan uchrashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?