Prezident Qoraqalpogʻistondagi vaziyat haqida
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi.
Yigʻilish avvalida davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistondagi vaziyat haqida toʻxtalib oʻtdi.
"Bu yerda sodir boʻlgan noxush voqealar barchamizda tashvish va iztirob uygʻotishi tabiiydir.
Nukus shahrida yuz bergan voqealar natijasida, afsuski, bir qancha fuqarolar halok boʻldi va jabr koʻrdi.
Shu munosabat bilan oʻz yaqinlarini yoʻqotgan oilalarga chin yurakdan hamdardlik bildiraman. Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga esa tezroq sogʻayib ketishlarini tilayman.
Mana shunday daqiqalarda tinchlik va inson hayoti naqadar bebaholigini, uni asrab-avaylash naqadar muhim ekanini, bunga barchamiz masʼul ekanimizni yanada chuqur his etamiz" dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring