Prezident qaysi variantni tanlashini hech kim bilmaydi — Oq uy vakili

16:25 21 Fevral 2026 Dunyo
1262 0

AQSH maʼmuriyati Eron bilan bogʻliq vaziyat uchun uranni boyitishga ruxsat berishdan tortib, Oyatulloh Ali Xomanaiyning agʻdarilishi, hatto oʻldirilishigacha boʻlgan variantlarni koʻrib chiqmoqda. Bu haqida “Kontext” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, Oq uy Eronga uranni bomba uchun yetarli boʻlmagan darajaga “ramziy” tarzda boyitishga imkon beradigan kelishuv taklifini koʻrib chiqishga tayyor. Shuningdek, Qoʻshma Shtatlar rahbari Donald Trampga Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyga qarshi toʻgʻridan-toʻgʻri zarbalar berishni oʻz ichiga olgan harbiy variantlar taklif qilingan.

Tramp maʼmuriyati vakilining bildirishicha, prezidentga taklif qilinayotgan variantlarning aynan qaysi biri amaliyotga koʻchishi toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq.

“Prezident qaysi variantni tanlashini hech kim bilmaydi”, — degan Oq uy vakili.

Yana bir manbaga koʻra, Ummon va Qatar vositachilari bir necha kun oldin Eron va AQSHga har qanday kelishuv ikkala tomonga ham gʻalabani eʼlon qilishga imkon berishi va iloji boʻlsa, Fors koʻrfazi davlatlari va Isroil uchun maqbul boʻlishi kerakligini yetkazgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер