Prezident Parkent tumanidagi “Batu Eksport” korxonasini borib koʻrdi
15 million dollarlik investitsiya hisobidan tashkil etilgan mazkur zamonaviy loyiha doirasida yiliga 5 ming tonna meva-sabzavot qayta ishlanadi. Toshkent viloyatidan tashqari Samarqand va Fargʻonadan ham mahsulotlar keltiriladi.
Korxonaga Yaponiya, Germaniya, Belgiya, Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar oʻrnatilgan. Bu mahsulot sifati va raqobatbardoshligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korxonada 180 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan, ular oʻrtacha 7 million soʻmgacha oylik maosh olyapti.
Bu yerda tayyorlangan mahsulotlar Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropa va MDH mamlakatlariga eksport qilinadi.
Davlatimiz rahbari korxonadagi ish jarayonini koʻzdan kechirib, xodimlar bilan suhbatlashdi.
– Meva-sabzavotchilikda Parkentning imkoniyatlari katta. Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va qurutilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor. Birgina Yaponiyani olsak, Oʻzbekiston mahsulotlariga qiziqish yuqori. Faqat mevalarni yaxshi parvarishlab, sifatli yetkazib berish zarur. Bunday korxonalarni rivojlantirsak, shu tarmoqning oʻzidan bir necha milliard dollar daromad olish mumkin, – dedi Prezident.
Shu yerda Toshkent viloyatining eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻzdan kechirildi. Oʻtgan yili viloyatdan 130 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Lekin hudud tabiati va salohiyatiga nisbatan bu kam.
Sohada eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 7 turdagi moliyaviy yordam va 3 xil soliq imtiyozlari hamda preferensiyalar joriy etilgan. Toshkent viloyatida meva-sabzavotni qayta ishlovchi 175 ta korxona boʻlib, qayta ishlash darajasi yil sayin ortmoqda. Joriy yilda eksport koʻrsatkichini jadal oshirish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring