“Prezident Kubogi – 2024”da nima gaplar? Nodirbeklar va Sindorovda qiyinchiliksiz gʻalaba, Shamsiddinda esa durang (+barcha natijalar jadvali)

Toshkentda mukofot jamgʻarmasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi “Prezident Kubogi – 2024” musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Musobaqa A va B guruhlarida dona surmoqda. Bu haqda “UzChess” xabar berdi.
Tajribali shaxmatchilar jamlangan A guruhida Oʻzbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov va Javohir Sindorov himoya qilmoqda.
Birinchi raqamda saralangan Nodirbek Abdusattorov oʻtkazilgan birinchi tur uchrashuvida hindistonlik Sambit Pandani qiyinchiliksiz magʻlubiyatga uchratdi.
Nodirbek Yakubboyev qora donalarda qirgʻizistonlik Melis Mamatovni, Javohir Sindorov rossiyalik Yekaterina Golsevani magʻlubiyatga uchratdi. Shamsiddin Vohidov hindistonlik Vaz Etan bilan durang oʻynadi.
Bugun, 22-noyabr kuni, soat 14:00da ikkinchi tur uchrashuvlari oʻtkaziladi. 9 tur davom etishi rejalashtirilgan musobaqaning gʻoliblari 30-noyabr kuni aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring