Prezident ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
«Biz oldimizga yuksak marralarni qoʻyib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida astoydil mehnat qilyapmiz, yangiliklar yaratyapmiz va natijalarga erishyapmiz.
Viloyatni qanday ogʻir sharoitlardan olib chiqqanimizni, Jizzaxning har bir tumanida boʻlayotgan katta-katta oʻzgarishlarni, odamlarning xursandchiligini koʻrib, juda quvonaman va faxrlanaman», dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida.
Oʻtgan davrda Jizzax viloyati respublikadagi sanoati eng tez oʻsayotgan hududga aylandi. Sakkiz yilda 6,5 milliard dollarlik investitsiya loyihalari ishga tushgan boʻlsa, shuning 45 foizi sanoat hissasiga toʻgʻri keladi.
Masalan, Sharof Rashidov, Gʻallaorol, Forish, Zomin tumanlari va Jizzax shahrida 2,3 milliard dollarlik 560 ta loyiha ishga tushdi. Bugungi kunda ushbu tumanlar viloyat sanoatining 70 foizini taʼminlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring