Prezident ikki nafar tadbirkor fermerni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi

10:21 18 Mart 2025 Siyosat
137 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev xorazmlik fermer Sobirov Egamberdi hamdda oqqoʻrgʻonlik shaxsiy tomorqa yer egasi Mansurov Toʻlqinjonni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan:

Mamlakatimizda tomorqachilikni rivojlantirish, jumladan, sabzavotchilik hamda asalarichilikni samarali yoʻlga qoʻyish, moʻl va sifatli hosil yetishtirish orqali aholi farovonligini taʼminlashga qoʻshayotgan munosib hissasi, har qarich yerdan unumli foydalanib, oʻzining tashabbuskorligi, omilkorligi, boy tajribasi va mehnatsevarlik fazilatlari bilan boshqalarga shaxsiy namuna koʻrsatib kelayotgani, shuningdek, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faolligi uchun Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi Mansurov Toʻlqinjon Nosirovich “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Shuningdek, mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasidagi koʻp yillik samarali mehnati, zamonaviy agrotexnika usullarini qoʻllash orqali hududning ogʻir va murakkab sharoitida ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, paxta va gʻalla yoʻnalishlarida yuqori hosildorlikka erishish, aholi farovonligini oshirishga qoʻshayotgan munosib hissasi hamda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi faoliyatini namunali yoʻlga qoʻyish, yangi ish oʻrinlari yaratish borasidagi katta xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi “Sultonboy Xonimjon” fermer xoʻjaligi boshligʻi Sobirov Egamberdi Sultonovich “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер